Google Play versiyasi böyiça, 2017 yilda Android operatsion tizimi uçun yaratilgan eng yaxşi dastur Photo Lab fotomuharriri böldi. Dastur 50 mln foydalanuvçi tomondan örnatilgan. Google Play’da dasturning 1-öringa qöyilişi uning çiroyli dizayni, noyob yangi imkoniyatlari va ommaviyligi bilan tuşuntirilgan.
Eng yaxşi köngiloçar dastur VK Live böldi. Dastur, şuningdek, 2017 yilda yuklab olişlar böyiça yetakçilik qildi. Dasturni 5 mln kişi yuklab olgan.
Eng yaxşi ijtimoiy dastur hamrohlarni qidirişga möljallangan BeepCar böldi. Eng yaxşi kundalik yordamçi dastur sifatida Journey tanlandi. Bu dasturda öz xotiralarini saqlaş mumkin.
Eng innovatsion dasturlar yönalişida sayohatçilar uçun möljallangan Airbnb servisi ğolib böldi.
Bolalar uçun möljallangan eng yaxşi dastur sifatida “Star Walk’dan astronomiya” dasturi e'tirof etildi.
Şuningdek, “Eng katta yaşirin salohiyat” yönalişida Be My Eyes (Mening közlarim böl) dasturi ğolib böldi. Bu dastur yordamida volontyorlar videoaloqa yordamida turli vaziyatlarda yordam sörab murojaat qiluvçi, köriş qobiliyatida muammolar bölgan odamlar sörovlariga javob bera oladilar.

















