Xurmo — mazali va foydali meva. Biroq uning salbiy xususiyatlari ham mavjud. "Layfxaker" xurmo mevasining foydali xususiyatlari va şu bilan birga zarari haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.
Xurmo nimasi bilan foydali?
Qarişni sekinlaştiradi va köriş qobiliyatini yaxşilaydi
Barça apelsinrang mevalarda bölgani kabi, xurmoda ham beta-karotin körinişidagi A vitamini köp. Organizm 100 gramm xurmodan bu muhim elementning 12 foiz kundalik normasini olişi mumkin.
A vitamini — hujayralarni erkin radikallardan himoyalovçi, qariş jarayonini sekinlaştiruvçi va saraton xavfini kamaytiruvçi kuçli antioksidant.
Bu vitamin ötkir köriş qobiliyati garovidir. Uning yetişmasligi insonning keçki payt va qoronğuda köriş qobiliyatining yomonlaşuviga olib keladi.
Bundan taşqari, beta-karotin quyoş ostida kuyib ketmaslikka yordam beradi: u terini ultrafiolet nurlarning zararli ta'siri, quriş va yorilişdan himoyalaydi.
Şunisi muhimki, xurmoda A vitamini aynan beta-karotin körinişida böladi. Bu köriş bilan boğliq muammolar, terining köçişi, suyaklardagi oğriqlar va buyraklar kasalliklarini keltirib çiqaruvçi dozani oşirib yuboriş xavfini kamaytiradi.
Immunitetni mustahkamlaydi
Xurmo öz tarkibidagi yana bir antioksidant bilan maqtana oladi. Bu - immunitet himoyaçisi sifatida maşhur C vitamini. 100 gramm mevada şu vitamin kundalik normasining 10 foizi mavjud, u şamollaş va tumovning oldini olişda yordam beradi. U profilaktik vosita sifatida samara beradi. Agar yötal va burun bitişi boşlanib bölgan bölsa, xurmo bularni bartaraf qilişga ojizlik qiladi.
Kayfiyatni kötaradi
Xurmoda monosaxaridlar: glyukoza va fruktoza köp bölgani uçun ham şirin. Bu şakarning eng foydali turi. U yurakni mustahkamlab, kayfiyatni kötaradi, qomatga esa saxarozaçalik kuçli ta'sir körsatmaydi. Şunday ekan, xurmo - şokolad kabi antidepressant va tinçlantiruvçi hamdir, faqat kaloriyasi kamroq: 100 grammida atigi 60-70 kkal bor.
Kasalliklar bilan kuraşadi
Xurmoda kaliy va magniyning köpligi — tomirlar devori va yurak muşaklari mustahkamligi garovi.












