«Hall Siti» futbol jamoasi boş murabbiyi Leonid Slutskiy öz lavozimini tark etdi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Angliya klubi rahbariyati va 46 yoşli rossiyalik mutaxassis 20-tur doirasida «Şeffild Uensdey»ga qarşi keçgan öyindan söng şartnomani töxtatiş haqidagi qarorga keldi. Şuningdek ta'kidlanişiça, Slutskiy bilan birga klubni jamoa strategik direktori Oleg Yarovinskiy ham tark etadi.

«Leonid öz lavozimida tinimsiz mehnat qildi va özini juda halol inson sifatida körsatdi. Afsuski, jamoa natijalari biz kutgandek yaxşilanmadi. Şu sababdan biz hamkorlikni töxtatiş haqidagi qarorga keldik. Slutskiy va Yarovinskiyga «Hall»dagi mehnatlari uçun minnatdorçilik bildiraman, şuningdek ularga eng yaxşi tilaklarni bildiraman», - deya Slutskiyning işdan böşatilişiga izoh berdi «Hall Siti» raisi örinbosari Axab Allam.

Leonid Slutskiy ham işdan böşatilişi haqida öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Men „Hall Siti“ga boğliq bölgan barçaga - öyinçilar va xodimlardan tortib jamoa egasi va ayniqsa işqibozlarga minnatdorlik bildiraman.

Bu tajribani boşimdan ötkazganimdan faxrlanaman, bu men uçun muşkul, biroq juda hayajonli vaqt böldi.

«Hall Siti» har doim yuragimning bir bölagi bölib qoladi, hamda men jamoaga ega yaxşi tilaklarni bildiraman", - deya ma'lum qildi Slutskiy.

«Hall Siti» Çempionşipda sönggi yetti öyindan beri ğalaba qozonmadi. Jamoa 20 turdan keyin turnir jadvalining 20-örnida qolmoqda. Slutskiy esa klub bilan 2017 yilning yozidan beri işlab kelayotgandi.