Özbekistonda joriy yilning 9 oyi mobaynida iqtisodiy ösiş körsatkiçi 5,3 foiz atrofida böldi. Yalpi içki mahsulot işlab çiqariş hajmi 40-41 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi boşqarma boşliği örinbosari Botir Ergaşev ma'lum qildi. 

29 noyabr kuni Xalqaro Press-klubda «Iqtisodiyotni liberallaştiriş: iqtisodiy ösiş va inflyatsiya jarayoni» mavzusida navbatdagi sessiya bölib ötdi. Unda Davlat statistika qömitasi, Bank-moliya akademiyasi, ekspertlar, mahalliy va xorijiy OAV vakillari iştirok etişdi. 

Sessiyada qatnaşgan Davlat statistika qömitasi vakilining ma'lum qilişiça, ötgan 9 oylik YaIM körsatkiçi sömda ifodalanganda 170 trln sömdan iborat bölgan. Uning sözlariga köra, bugungi kunda viloyatlar kesimida eng katta YaIM Navoiy v Qaşqadaryo viloyatlariga töğri kelgan. 

Bundan taşqari 2017 yilda Özbekiston iqtisodiyotida import örniga eksport ustunlik qilmoqda. Sessiyada, şuningdek, Özbekistonga töğridan-töğri kiritilayotgan investitsiyalar miqdoriga ham oydinlik kiritildi. Xususan, 9 oylik yakun böyiça özlaştirilgan investitsiyalar miqdori 7,9 trln sömni taşkil qiladi. Umumiy özlaştirilgan mablağ mazkur investitsiyalarning salkam 20 foizidan iborat. 

Jahon banki va Davlat statistika qömitasining bu boradagi ma'lumotlarida ziddiyatlar mavjudligini izohlagan mutaxassis, Jahon bankidagi ma'lumotlar asosan kiritilayotgan investitsiyalar miqdorini körsatişini, kiritilayotgan investitsiyalar esa, özlaştirilgan investitsiyalarni anglatmasligini bildirdi.