Yevropa davlatlarida yaşaydigan musulmonlar soni yaqin yillarda ösişda davom etadi. Bundan esa AQŞning Pew Research Center ijtimoiy markazi ötkazgan tadqiqot natijalari darak bermoqda.

Germaniyaga pul topgani yoki boşpana izlab kelgan musulmonlar soni 2050 yilgaça umumiy aholining 6 foizidan 11 foizigaça oşadi. Yevropada esa bu nisbat 5 foizdan 11 foizgaça oşadi.  

Tadqiqot ma'lumotlariga köra, 2010-2016 yillarda Yevropaga 1,6 mln qoçqin kelgan bölsa, ulardan 78 foizini musulmonlar taşkil qiladi. Germaniyaga kelganlarning 86 foizini musulmonlar taşkil qiladi. 

Agar Yevropaga qoçqinlar kelişi davom etaversa, unda musulmonlarning miqdori 2050 yilgaça 14 foizgaça oşadi. 2016 yilda esa bu körsatkiç 4,9 foizni taşkil qilgan. Germaniyada esa bu körsatkiç 6,1 foizdan 20 foizgaça oşadi.

Migratsiya nol darajada bölgan ssenariyga köra 2050 yilga kelib Yevropada 30 mln musulmon böladi va ular umumiy aholining 7,4 foizini taşkil qiladi. Bu holat musulmon aholi örtasida tuğiliş darajasi yuqoriligi bilan boğlangan.