Bugun, 4 dekabr kuni Özbekiston futbolida mavsumning oxirgi uçraşuvi ötkazildi. «Bunyodkor» stadionida Özbekiston Kubogi uçun saf tortgan «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari 30 mingdan ortiq muxlis guvohligida töp surişdi.

Öyinda «Lokomotiv» hujumçisi Marat Bikmayev tomonidan urilgan gol yagonaligini saqlab qoldi. Şu tariqa, ötgan oyda ketma-ket ikkinçi marta Özbekiston çempionligini qölga kiritgan «temiryölçilar» futbolçilari endi Özbekiston Kubogini ham ketma-ket ikkinçi marta boşi uzra kötarişdi.

Öyindagi e'tiborli voqealardan biri «Lokomotiv» yarimhimoyaçisi, Özbekiston terma jamoasida köp yillar davomida töp surgan Timur Kapadze futbolçilik faoliyatini yakunlagani böldi. U bugun oxirgi marta yaşil maydonda futbolçi sifatida töp surdi. Öyindan keyin uni jamoadoşlari öziga xos tarzda futboldan taşqari hayotga kuzatib qöyişdi.

KUN.UZ fotomuxbiri mavsumning oxirgi öyinida kuzatilgan voqealarni, uçraşuvning eng yorqin lahzalarini kameraga muhrladi.