Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «Amerika ovozi» va «Ozodlik radiosi» xorij josuslari deb e'lon qilindi
Rossiya Adliya vazirligi «Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi» qatorida yana 7ta nashrni xorij josuslari sifatida tan oldi.
Bu ro‘yxatda «Ozodlik radiosi»ga yaqin bo‘lgan boshqa nashrlar, xususan, «Nastoyashcheye Vremya» telekanali, «Ozodlik»ning tatar-boshqirdlar uchun versiyasi (AzatliqRadiosi), «Sibir.Realii», «Idel.Realii», «Faktograf», Kavkaz.Realii va «Krym.Realii» nashrlari ham joy olgan.
«OAV to‘g‘risidagi» qonunning yangi tahririda AQShda Rossiyaning RT nashri xorijiy josus sifatida qayd etilishiga javoban tuzatishlar kiritilgan. Davlat duma qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qilgan. Putin ushbu hujjatni 25 noyabr kuni imzolagan.
Tuzatishlarga ko‘ra, Adliya vazirligi xorijdan moliyalashtiriladigan va asosan xorijda faoliyat ko‘rsatadigan nashrlarni xorij josuslari deb e'lon qilishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, nashrlar har chorakda o‘z faoliyati haqida, shuningdek, xarajatlari va daromadlari to‘g‘risida hisob berishi kerakligi belgilangan. Bu nashrlarning materiallarida muallif xorijiy agent sifatida ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
21:21 / 30.09.2025
AQSh sudi “Amerika ovozi”da qisqartirish o‘tkazishni vaqtincha taqiqladi
14:09 / 26.06.2025
USAGM maxsus maslahatchisi «Amerika ovozi»ni «utilizatsiya qilish»ga chaqirdi
14:21 / 21.06.2025
"Amerika ovozi" yana xodimlari sonini qisqartiradi
09:34 / 13.06.2025