Belarus va Qozoğiston prezidenti Aleksandr Lukaşenko hamda Nursulton Nazarboyev Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a'zo mamlakatlar yetakçilariga bölgan işonç reytingida birinçi poğonalarda bormoqda. Butunrossiya jamoat fikrini örganiş markazi sörovi ma'lumotlariga köra, Lukaşenko ruslarning 62 foizida işonç uyğotsa, Nazarboyev – 56 foiz.
Sörov natijalariga köra, "Belarus va Qozoğiston MDHga a'zo davlatlar orasida Rossiya fuqarolari tomonidan eng qöllab-quvvatlanuvçi mamlakatlardir". Bu davlatlarni tadqiqot iştirokçilarining aksariyati “eng barqaror va muvaffaqiyatli” deb hisoblaydi: Belarusni respondentlarning 60 foizi alohida tilga olgan bölsa, Qozoğiston – 41 foiz. Ulardan keyingi örinlarni Armaniston (16%), Ozarboyjon (14%), Gruziya (10%), Özbekiston (7%), Turkmaniston (7%), Qirğiziston (5%), Moldova (4%), Tojikiston (3%) va Ukraina (1%) egallab turibdi.
"Rossiyaliklar – köp millatli xalq, va u yoki bu davlatdan bölganlar, odatda, özlarining tarixiy vatanlarini qöllab-quvvatlaydilar, - deya aytib ötdi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti direktori Andrey Kazantsev. – MDH davlatlarining Rossiyadagi reytingi bu yerdagi diasporaning katta yoki kiçikligiga boğliq". Uning fikriga köra, yaqin xorij davlatlari reytingiga Rossiyada ularning hayoti qay darajada yoritilişi ta'sir körsatadi.
Butunrossiya jamoat fikrini örganiş markazi ekspertlarining ta'kidlaşiça, rossiyaliklar Belarus (64%) va Qozoğistonni (57%) jahon arenasida öz mamlakatining asosiy işonçli hamkori deb hisoblaydi. Şuningdek, respondentlar Armaniston (16%), Ozarboyjon (10%), Qirğiziston (8%) va Özbekistonni (8%) tilga olişgan. Keyingi örinlardan esa Gruziya (6%), Tojikiston (5%), Moldova (5%), Turkmaniston (5%) va Ukraina (1%) joy egalladi.
Belarus (66%) va Qozoğiston (38%) asosiy tili rus bölgan aholi huquqlarini ta'minlaş mezonlari böyiça ham MDH davlatlari röyxatida yetakçi pozitsiyalarni qölga kiritdi. Keyingi örinlardan Armaniston (11%), Ozarboyjon (6%), Gruziya (6%), Moldova (6%), Ukraina (5%), Özbekiston (5%), Qirğiziston (5%), Tojikiston (4%), Turkmaniston (2%) joy oldi. "Asosiy tili rus bölgan aholi huquqlariga rioya etiş böyiça ijobiy dinamika va körsatkiçlarning ösişi kuzatilmoqda, - deya aytib ötdi Butunrossiya jamoat fikrini örganiş markazining maxsus dasturlar direktori Yelena Mixaylova. – Buni davlat siyosati natijasi sifatida qabul qiliş mumkin".












