Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti huzurida “Samarqand me'mor loyiha” loyiha-qidiruv taşkilotini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni e'lon qildi.

Samarqand viloyati şahar va tumanlari hududlarini arxitektura va şaharsozlik jihatidan rejalaştiriş işini tubdan yaxşilaş, sohadagi ilmiy-tadqiqot işlarini va ilğor çet el tajribasini amaliyotga tatbiq etiş, zamonaviy texnika va texnologiyalarni loyihalaştiriş va qurilişga joriy etiş, turar joylar, ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasi obektlarining zamonaviy turdagi, şu jumladan, eksperimental loyihalarini işlab çiqişni taşkil qiliş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. Samarqand viloyati hokimligi, Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti, Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasining Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti muassisligida davlat unitar korxonasi şaklidagi “Samarqand me'mor loyiha” loyiha-qidiruv taşkilotini (keyingi örinlarda “Samarqand me'mor loyiha” DUK deb ataladi) taşkil etiş haqidagi taklifiga rozilik berildi.

2. “Samarqand me'mor loyiha” DUKning xodimlari çeklangan umumiy soni 117 nafar bölgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

“Samarqand me'mor loyiha” DUK direktoriga Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti va Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi bilan kelişgan holda, zarurat bölganda, “Samarqand me'mor loyiha” DUKning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning çeklangan umumiy soni va mehnatga haq tölaş fondi doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.

3. Quyidagilar “Samarqand me'mor loyiha" DUKning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Samarqand viloyatining şahar va tumanlarida qurilişi rejalaştirilayotgan muhim ahamiyatga ega bölgan obektlarni loyihalaştiriş hamda hududning arxitektura-rejalaştiriş loyihalarini işlab çiqiş;

aholi punktlari hududlarini qurişni rivojlantiriş hujjatlarini işlab çiqiş;

transport va yöl qurilişi obektlari va komplekslarini loyihalaştiriş; 

umumiy foydalaniladigan avtomobil yöllarini, magistral muhandislik tarmoqlarini, jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlari bilan birga, quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş böyiça hujjatlarni işlab çiqiş;