Köksaroydagi muzokaralar yakunida Özbekiston va Afğoniston Prezidentlarining Qöşma bayonoti imzolandi.
Prezident matbuot xizmati bergan xabarga köra, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, ta'lim va boşqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan 20 hujjat imzolandi. Xavfsizlik masalalari böyiça qöşma komissiya tuziş, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy işlar böyiça huquqiy yordam, Surxon – Puli Xumri elektr uzatiş liniyasini quriş, Mozori Şarif – Şibirğon – Maymana – Hirot temir yölini barpo etiş, yuk taşiş, bojxona sohasidagi aloqalar töğrisidagi hujjatlar şular jumlasidandir.
Şuningdek, taşrif doirasida umumiy qiymati 500 million dollardan ziyod bölgan 40 dan ortiq eksport şartnomasi imzolandi.
Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda bölib ötgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar Özbekiston Respublikasi bilan Afğoniston Islom Respublikasi örtasidagi özaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini ta'kidladilar.
Afğoniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy taşrifi davom etmoqda.












