Bugun «Bunyodkor» stadionida Özbekiston futboliga xos bölmagan holat kuzatildi - stadionda tartibsizlik yuzaga keldi. «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari örtasida keçgan uçraşuv yakunlangaç, taşkilotçilar tribunalardagi muxlislarga töp tarqatişni boşlaşdi.

Bu safar tarqatiladigan töplar soni juda köp bölgani tufayli (tanaffus vaqtida muxlislarga öyin oxirida 3000ta töp tarqatilişi haqida e'lon qilingan va muxlislar öyin oxirigaça stadionni tark etişmagan), uni tarqatiş boşlanganidan köp ötmasdan, tribunalardagi muxlislarning «sabri çidamadi» va özlari kelib maydonda tayyorlab qöyilgan töplarga ega çiqişga harakat boşlaşdi. Şu tariqa, tört tomondan muxlislar maydon örtasiga yopirilib tuşa boşlaşdi.

Voqea joyida bölgan «KUN.UZ» muxbirlarining ma'lum qilişiça, maydonga tuşib kelganlar boşqalarning qölidagi koptoklarni tortib olişga uringani ham kuzatilgan. Ularning harakatlari taqdirlaş marosimi boşlanişiga tösiq bölgan.

Foto. Muxlislar maydonga çiqib ketişdi, militsiya tartib örnatdi

Lekin tez orada voqea joyiga tartibni saqlaş xodimlari guruhi yetib kelgan va tartibbuzarlar maydondan olib çiqilgan hamda taqdirlaş marosimi boşlangan.

Qayd etiş kerakki, uşbu öyinga kiriş bepul qilib qöyilgan, 30 ming nafardan ortiq muxlis tekin çiptalar orqali stadionga kirgandi.

Quyidagi videoda uşbu hodisa vaqtida stadionda qanday holat yuzaga kelganini kuzatiş mumkin.