Amerikaning Google kompaniyasi videohosting xizmatini körsatuvçi YouTube saytini zöravonliklarni tarğib qiluvçi videokontent va izohlardan tozalaş uçun 10 ming kişini yollaşga qaror qildi.
 
Kompaniya özining video platformasidagi "muammoli lavhalar"ni yöqotiş böyiça minglab kişilar xizmatidan foydalanmoqda. Bundan taşqari reklama berişda ham jiddiy çeklovlar joriy qilinadi va aqlli texnologiyalardan yanada samaraliroq foydalanişni joriy qiladi. 

2018 yilga kelib Google kompaniyasi "foydalaniş qoidalarini buzadigan lavhalarga qarşi kuraşuvçi" 10 ming işçiga ega böladi, degan YouTube ijroçi direktori Susan Wojcicki. Biroq u ayni vaqtda neça kişi şu iş bilan şuğullanayotganiga oydinlik kiritmagan. 

"Ayrimlar bizning oşkoraligimizni notöğri tuşunib talqin qilmoqda. Şundan foydalangan holda ziyon yetkazişga urinmoqda", degan Wojcicki. Uning qöşimça qilişiça, YouTube sayti jamoasi ötgan 6 oy mobaynida 2 mln.ga yaqin videoni zöravonlik va ekstremistik mazmuni böyiça körib çiqqan. 

"Biz, şuningdek? yangi izoh beriş asboblarini ham işga tuşirgan va ba'zi hollarda töliq öçiriş orqali izohlardagi agressiv fikrlarga ham e'tibor qaratmoqdamiz", - degan ijroçi direktor. 

Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, kompaniya öz rejalarini amalga oşirişda faqat inson yordamidan foydalaniş niyatida emas. Lavhalarni örganuvçi algoritmlar ham iyun oyidan beri 150 mingdan ortiq videolavhani YouTube saytidan öçirib taşlagan. 

"Bunday natijaga erişiş uçun 180 ming kişi 40 hafta mobaynida işlaşi talab etilar edi", - degan Wojcicki.