Avvalgi xabarlarimizda, 2017 yil 14 noyabr kuni Janubiy Koreyaning Adliya Vazirligi va Koreya ixtirolarni rivojlantiriş assotsiatsiyasi (KIPA) tomonidan OASIS dasturi doirasida ötkazilgan “Koreyadagi çet elliklarning ixtiro va biznes startaplari” tanlovining final bosqiçida özbekistonlik Xojimuhamedov Jamşiddin özining ixtirosi bilan 2-örinni olgani haqida ma'lum qilgan edik. Qahramonimiz heç qança vaqt ötmay, Koreyadagi yana bir nufuzli körgazmada birinçilikni qölga kiritdi.
2017 yilning 30 noyabr – 3 dekabr kunlari Janubiy Koreyada an'anaviy Seul xalqaro ixtirolar körgazmasi bölib ötdi. Mazkur körgazma öz kölami, mavqei bilan AQŞ, Şveytsariya va Germaniyada ötkaziladigan nufuzli ixtirolar festivali qatoriga kiradi.
Joriy yilgi Seul xalqaro ixtirolar körgazmasida Jamşiddin Xojimuhamedov öz startap loyihasi uçun oltin medal bilan taqdirlandi. Bu haqida Jamşiddin Kun.uz muxbiriga xabar berdi.
Bu yili 12-marotaba taşkil etilayotgan Seul xalqaro ixtirolar körgazmasida 600dan ortiq ixtirolar taqdimotga qöyilgan. Ulardan 170ga yaqini koreyalik mahalliy iştirokçilar va 468 ta loyiha esa dunyoning 30 mamlakatidan taşrif buyurgan ixtiroçilarning işidir. Ular orasida aynan bizning yurtdoşimiz – Jamşiddin Xojimuhamedovning taqdim etgan loyihasi oltin medalga loyiq deb topilgani barçamizga ajoyib sovğa böldi.
"Janubiy Koreya 2010 yildan boşlab bir neça yillar davomida BMTning elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi böyiça eng yetakçi örinlarni egallab keladi. Özbekistonda ham elektron hukumatni rivojlantiriş böyiça aynan Janubiy Koreya bilan iş olib borilayotgani bejiz emas.
Mening bu yilgi loyiham aynan Koreyada oçiq ma'lumotlardan foydalangan holda onlayn savdo orqali kuniga xarid qilinuvçi millionlab mahsulotlarni yanada tezroq yetkazib berişga qaratilgan. Koreyadagi yetkazib beriş xizmatlarining bölinmalari va haydovçilari bilan ötkazilgan suhbatlar natijasi şuni körsatdiki, ular mahsulotlarni öz manziliga yetkazib berişda har kunlik yönalişlarni özlari mustaqil tanlar ekan. Ular bir marta borgan yerga kun davomida yana qayta-qayta borişiga töğri kelişi mumkin ekan. Yangi işçilar uçun bu holatga könikiş yanada qiyinroq keçadi. Şuningdek, har kuni ortiqça vaqt va yoqilği sarflanadi.












