Xalqaro olimpiya qömitasining (XOQ) ijro qömitasi, Rossiya terma jamoasiga Pyongçangda ötadigan qişki Olimpiada öyinlarida faqat neytral bayroq ostida iştirok etişiga ruxsat berdi.

Bundan taşqari, Rossiya olimpiya qömitasining (ROQ) taşkilotdagi a'zoligi vaqtinçalik töxtatildi. 

Endi, Olimpiadaga yöl oladigan sportçilar röyxatini XOQ maxsus komissiyasi belgilab beradi. Qayd qilinişiça, Soçi-2014 öyinlarida iştirok etgan mulozim, murabbiy va şifokorlarning birortasi qişki olimpiada öyinlariga kiritilmaydi. 

Bundan taşqari, Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko va uning sobiq örinbosari Yuriy Nagornix umrbod diskvalifikatsiya qilindi va heç qaçon Olimpiya öyinlariga kiritilmasligi belgilandi.

Endi rossiyalik sportçilar öz mamlakati bayroği ostida Janubiy Koreyadagi musobaqalarda iştirok etolmaydi. Ular şaxsiy va jamoaviy musobaqalarda Olympic Athlete from Russia (OAR) nomi va Olimpiya öyinlari bayroği ostida qatnaşadi. Ularning taqdirlaş marosimida esa Olimpiya öyinlari madhiyasi yangraydi.

Avvalroq, XOQ Rossiya sportçilarini Soçi-2014 Olimpiadasida dopingdan ommaviy tarzda foydalanganlikda aybdor deb topgan va 11ta medaldan mahrum qilgan edi.

Olimpiadada Rossiya madhiyasi yangramaydi. Töliq tafsilotlar