Al-Qudsning maqomi mintaqaviy iştirokçilar tomonidan aniqlanişi kerak, bu qaror avvaldan qabul qilinişi lozim emas, deya ma'lum qildi GFR TIV rahbari Zigmar Gabriel. Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Al-Quds Isroil poytaxti deb tan olinişini e'lon qildi.

"Al-Qudsning maqomi mintaqaviy iştirokçilar tomonidan aniqlanişi kerak. Bu qaror avvaldan qabul qilinişi lozim emas. Bizning pozitsiya özgarişsiz qoladi. Biz “ikki davlat” yeçimi tarafdorimiz", - deya aytib ötgan vazir. Uning sözlarini esa GFR TIV Twitter ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida keltirgan.
GFR kansleri Angela Merkel AQŞ prezidenti Donald Trampning al-Quds böyiça bayonotini qöllab-quvvatlamadi, şaharning maqomi ikki davlat konsepsiyasi doirasida aniqlanişi lozim, deya xabar berdi GFR vazirlar mahkamasi rasmiy vakili Şteffen Zaybert Twitter’dagi öz mikroblogida.

"Kantsler Merkel Trampning al-Quds böyiça bayonoti haqida: federal hukumat bunday pozitsiyani qöllab-quvvatlamaydi, sababi al-Qudsning maqomi ikki davlat yeçimi doirasida muhokama etilişi lozim", - deya yozgan Zaybert.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan oliş böyiça qarorini qoralab çiqdi, u xalqaro huquq va BMT rezolyutsiyalarining buzilişi bilan qabul qilindi.

"Uşbu qaror afsuslarga sabab böladi, u xalqaro huquq va BMT rezolyutsiyalarining buzilişidir, Fransiya buni qöllab-quvvatlamaydi", - deya aytib ötdi Makron Jazoirdagi matbuot anjumanida.
Uning yana bir bor ta'kidlaşiça, al-Qudsning maqomi böyiça masala Isroil va Falastin örtasidagi muloqot davomida hal etilişi kerak.













