Majburiy ijro byurosining Bulunğur tuman bölimiga “Oqtepa-mitan” qişloğida yaşovçi fuqaro Suhrob Jörayev murojaat qiladi. U öz murojaatida tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari Mansur Qodirov va Şavkat Qayumovlar undan ötgan yilning yoz oylarida elektr energiyasidan mavjud bölgan 540 ming söm qarzdorlikni va yangi elektr hisoblagiçni örnatib beriş evaziga 700 ming söm olib, hozirgi kunga qadar pullarni qaytarmay, yangi elektr hisoblagiçni örnatib bermayotganligini bayon etgan va ularga nisbatan qonuniy çora körişni söragan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Şu yilning 6 avgust kuni Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boşqarmasi va Bulunğur tuman bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Bulunğur tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari Mansur Qodirov va Şavkat Qayumovlar firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan 700 ming söm pulning 150 ming sömini fuqaro Suhrob Jörayevga qaytarib berayotgan vaqtda qölga olingan. Şuningdek, ularning maşinasidan 19 dona elektr hisoblagiç uskunalari aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.

Majburiy ijro byurosi Bulunğur tumani xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki suriştiruv işlari natijasida fuqaro Mansur Qodirov va Şavkat Qayumovlar öz ayblariga iqror bölib, firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan 700 ming sömdan qolgan 550 ming sömini öz ixtiyori bilan taqdim etgan.

Şu örinda ta'kidlaş joizki, ayrim kimsalar özini Majburiy ijro byurosi xodimi sifatida taniştirib, firibgarlik yöli bilan odamlarni çuv tuşirmoqdalar. Öz navbatida, fuqarolar ham xonadoniga kelgan Byuro xodimi bilan faqatgina xizmat guvohnomasini körsatgandan sönggina suhbatlaşib, energiya resurslarining hisoblagiçlarini tekşirişga yöl qöyişi, biror noqonuniy holatni sezgaç, byuroning tuman-şahar bölimlariga yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organlarga murojaat qilişlari lozim.