Odatda iPhone egalari yonida bir neçta quvvatlaş qurilmalari, adapterlar va portativ akkumulyatorlar olib yurişiga töğri keladi. Biz sizga smartfon batareyasining quvvatini qanday tejaş mumkinligi xususida ma'lumot beramiz. 

Şu bilan eng kerakli lahzada telefon batareyasi pand bermasligiga işonç oşadi, asabbuzarlik kamayadi, hayotingiz yanada qulayroq va osonroq böladi. Buning uçun quyidagilarni amalga oşirişga töğri keladi. Ularni qöllaşga bir neça daqiqa kifoya — biroq bu amaliyot iPhone va boşqa smartfonlarning muqobil işlaş vaqtini sezilarli uzaytiradi. 

1.Bluetooth signalini öçiring

Foto: Better Humans

Bu akkumulyator quvvatini tejaşning oddiy va yordam beradigan usulidir. Apple Watch soatingiz bölmasa, Bluetooth modulini işlatişdan ma'ni yöq. 

Bunga qöşimça ravişda LTE tarmoğini öçiring. Ayrim mamlakatlarda mobil aloqa operatorlari ança xasisdir. Agar sizning internet trafikingiz oyiga 1-2 Gb bölsa, LTE tarmoğiga ulaniş nafaqat kerak emas, balki öçirib qöyiş lozim. 

2.Ogohlantirişlarning bir qismini öçiring

Foto: Better Humans

Ilovalarga telefoningizga ogohlantirişlar yuborişini taqiqlang. Boşqa turdagi axborotlardan ham voz keçing. Faqat qönğiroqlar va taqvimni qoldirsangiz yetarli. 

3.Avtoyorqinlik funksiyasini ham öçiring

Foto: Better Humans

Ekranning avtoyorqinligini öçiriş akkumulyatorni tejaşning eng yaxşi usullaridan biridir. Smartfon mustaqil ravişda ekran yorqinligini özgartirsa, quvvat sarfini kamaytirişning uddasidan çiqib bölmaydi. 

Bunga qöşimça ravişda oq-qora tartibini işga tuşiriş ham mumkin. Töğri köz örgangunça, bu noodatiy tuyuladi.