«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Çempionlar ligasi haftasining eng yaxşi futbolçisi böldi. U guruh bosqiçining 6-turi yakunlariga köra UYeFA rasmiy saytida ötkazilgan sörovnomada ğolib çiqqan.
Dortmundning «Borussiya» klubiga qarşi öyinda gol urgan Ronalduga 41 foiz kişi ovoz bergan.
U «Liverpul» yarim himoyaçisi Filippe Koutino (38 foiz)ni ortda qoldirgan. Şuningdek, «PSJ» xavbeki Korentin Tolisso (8 foiz), «Şaxtyor» yarim himoyaçisi Bernard (5 foiz), «Çelsi» xavbeki Eden Azar (3 foiz), «Barselona» hujumçisi Pako Alkaser (2 foiz), «Tottenhem» hujumçisi Son Xin Min (1 foiz) va «Yuventus» yarim himoyaçisi Xuan Kuadrado (1 foiz) uşbu sörovnomada qatnaşgandi.
Biroz avvalroq Kriştianu Ronaldu özining beşinçi «Oltin töp»ini qölga kiritgandi.












