Joriy yilning 7 dekabr kuni Travel Turkey Izmir-2017 xalqaro sayyohlik körgazmasi öz işini boşladi, unda Özbekiston delegatsiyasi birinçi marotaba iştirok etmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi axborot xizmati xabar berdi.
Özbekiston sayyohlik salohiyati «Özbekiston» yagona Milliy stendi bilan taqdim etildi, unda Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi vakillari, Buxoro, Toşkent va Xorazm viloyatlari hokimlarining turizm sohasini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosarlari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari, Özbekiston Musulmonlari idorasi vakillari, «Zangiota» va «Hakim at-Termiziy» memorial majmuasi rahbarlari, şuningdek, Özbekistonning 12 yirik turistik kompaniyasi vakillari (East Asia Point, Orient Mice, Azimut Travel, Asia Tour Elite, Nanay’s Paradise, Expert Navigator, Bukhara Eco Travel, East Line Tour, Ulysee Tour, Uzintour, Ark Travel, Lola Tour Service), hammasi bölib 53 kişi iştirok etmoqda.

Bu yil 11-an'anaviy Travel Turkey Izmir 2017 xalqaro sayyohlik körgazmasida 83 davlatdan bölgan sayyohlik sanoatining 40 mingdan ziyod vakili 119,400 kvadrat metr maydonga ega zamonaviy körgazma kompleksi hududida iştirok etmoqda.
Körgazmaning birinçi kunida Özbekiston delegatsiyasi Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi vakillari, Turkiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (TURSAB) direktor örinbosari, Turkiyaning mintaqaviy organlari rahbarlari, xususan, Urgup, Eskişehir, Kuşadasi şaharlari merlari, xorijiy sayyohlik kompaniyalari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşdi.

Xususan, Eskişehir va Kuşadasi şaharlari munitsipalitetlari rahbarlari bilan muzokaralar çoğida turkiyalik hamkasblar har ikki yönalişda muntazam ravişda sayyohlik oqimini ta'minlaş, şuningdek, Özbekiston şaharlari bilan döstona munosabatlar örnatiş masalalarini işlab çiqiş borasida katta qiziqiş bildirişdi.













