Videotasvirlar bilan şuğullanuvçi Slashlife Production kompaniyasi avtomobillar çiqaradigan turli tovuşlardan qanday qilib musiqa yaratiş mumkinligini körsatuvçi rolikni taqdim qildi.     

Musiqali trekni yaratiş uçun kompaniya ixtiyorida uçta superkar bölgan: Ferrari F12 N-Largo, Ferrari 430 Scuderia va Bentley Continental GT Speed. Uşbu avtomobillar çiqaradigan barça tovuşlar – eşik oçib-yopilişidagi çiqillagan tovuşlardan tortib maşina tunnel böylab ketayotganda dvigateli çiqaradigan tovuşlargaça yozib olindi, söngra studiyada bu tovuşlar yordamida trek yaratildi.