Xitoyning CHJ Automotive startapi juda ensiz elektrokar SEV’ni taqdim qildi. Bu elektrokar keyingi yildan Los-Anjyeles va Parijda sayyohlarni olib yurişi rejalaştirilmoqda.
SEV (Smart Electric Vehicle) kompakt kari elektromotor va oddiy elektr tarmoğidan quvvatlanişi mumkin bölgan yeçib olinuvçi akkumulyatorlar bloki bilan jihozlanadi. Maşina bir quvvatlanişda 100 km masofa bosib öta oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 45 km ni taşkil qiladi.

Elektrokar jihozlari qatoridan yoruğlik-diodli faralar, 16 dyuymli ğildirak disklari, sariq supportli disk tormozlari va avtoparkovkalaş tizimi joy olgan. E'tiborli jihati şundaki, standart parkovka joyiga bu avtomobildan törttasini siğdiriş mumkin. Elektrokar salonida oldinma+ketin joylaşgan ikkita örindiq, raqamli asboblar paneli va multirul mavjud.

Akkumulyatorlar bloki har biri 10 kg keladigan ikkita moduldan iborat. Akkumulyatorlarni osonlik bilan demontaj qilib, xonada ham quvvatlasa böladi.

SEV “Yengil kvadrosikllar” sinfiga kiradi. Maşina ğildiraklari mototsikllarga xos bölgan 110/70 R16 ölçamiga ega.

Elektrokar ommaviy ravişda 2018 yildan boşlab işlab çiqariladi. U nafaqat karşering xizmatlariga taklif qilinadi, balki savdoga ham çiqariladi. Xitoyda maşinaning narxi 40 ming yuan (6 ming dollarga yaqin) turadi. Maşinani şuningdek Ğarbiy Yevropa va AQŞga yetkazib beriş rejalaştirilgan.













