Bugun, 8 dekabr sanasi Andijon şahrida el suygan şoir Muhammad Yusuf xiyoboni va uning nomi bilan ataluvçi ona tili va adabiyot faniga ixtisoslaşgan maktab-internatning oçiliş marosimi ötkazildi.

Erta tong şahar körkiga körk bölib, bunyod etilgan xiyobonga jamoatçilik vakillari, şoir va adiblar, faol yoşlar, şoirning yaqinlari yiğildi.

Tadbirda viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov, şoirning turmuş örtoği Nazira as-Salom, taniqli şoir va yozuvçilar - şoir qoldirgan ulkan adabiy meros va uning hayot yöli haqida sözladilar. Xiyobon töridagi şoirning byusti oçildi. Yiğilganlar monument ostiga gulçambarlar qöyişdi.

Şundan söng Muhammad Yusuf maktabining rasmiy oçiliş marosimi böldi. Mehmonlar şoirning ta'lim dargohida taşkil etilgan muzeyi bilan tanişdilar. Mazkur muzeyda uning şaxsi va adabiy merosiga doir juda köp materiallar töplangan. Jumladan, muzeyda uning şaxsiy buyumlari, maktub va yozişmalari, maktab davridagi jurnallar, qölyozmalari mavjud. Dars jarayoni bilan tanişiş davomida, öquvçilar şoir ijodiga oid asarlarni qay darajada özlaştirganini namoyon qildilar. Uçraşuvlar muşoiralarga aylanib ketdi.