EnSilo kompaniyasi xodimlari kompyuter xavfsizligi böyiça Black Hat Europe 2017 
anjumanida barça antivirus dasturlarini çetlab ötişga imkon beruvçi yangi usulni taqdim qildi. Bu haqda Techspot naşri xabar bermoqda. 

Bu usulda antivirus dasturlari kompyuter hujumga uçrayotganini aniqlay olmaydi. Dastur kodi diskda saqlanmaydi, u doimiy ravişda tezkor xotirada saqlanadi.

Process Doppelganging deb atalgan dastur quyidagiça işlaydi: u işga tuşirilgan dastur kodini virus dasturi kodiga almaştirib qöyadi. Ta'kidlanişiça, bu virus yordamida brauzerning oynalarini soxtasiga almaştirib, foydalanuvçilarning parollarini öğirlaş mumkin.

Virus mualliflarining aytişlariça, dastur Windows 7 SP1, Windows 8 va Windows 10 operatsion tizimlarida işlay oladi.

Dekabr boşida internet böyiça anjumanda antivirus dasturlarini işlab çiqaruvçi “Laboratoriya Kasperskogo” kompaniyasi rahbari Yevgeniy Kasperskiy 2017 yilda 90 mln ta yangi virus dasturi yaratilganini ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, har kuni taxminan 300 mingga yaqin yangi virus dasturi qayd qilinadi.