Xaridorlar köpinça Snapdragon X ARM çipiga asoslangan Windows noutbuklarini qaytarib berişmoqda, deb xabar bermoqda TechPowerUp Amazonʼga tayanib.
Xaridorlar köpinça Snapdragon X ARM-çipiga asoslangan Windows noutbuklarini qaytarib berişmoqda, deb xabar bermoqda TechPowerUp Amazonʼga tayanib.
Microsoft Surface Laptop 7 noutbuki Amazonʼda «Tez-tez qaytariladigan mahsulot» sifatida belgilandi, bu esa uşbu turkumda qaytarişlar foizi yuqoriligini körsatadi. 360 ta şarhga asoslangan örtaça 5 balldan 4,2 ballga qaramay, foydalanuvçilarning taxminan 12 foizi qurilmaga minimal ball berdi.
Qaytarişlarning sabablaridan biri yaqinda Intel Core Ultra protsessorli Surface Laptop 7'ning çiqarilişi bölişi mumkin, bu esa ba’zi xaridorlarni taniş x86-arxitekturasini tanlaşga undayapti.
Köplab foydalanuvçilar x86 protsessorli qurilmalarda mavjud bölgan taniş öyinlar va ilovalarning ARM arxitekturasi uçun optimallaştiriş yöqligidan norozi.
Qayd etilişiça, Snapdragon X noutbuklari sotuvi 2024 yilning uçinçi çoragida 180 foizga ösgan, biroq ularning Windows qurilmalari orasidagi uluşi oddiyligiça qolmoqda – 1,5 foizdan kam. Canalys ma’lumotlariga köra, Qualcomm taxminan 720 000 dona qurilmani sotgan, bu çorakdagi umumiy şaxsiy kompyuterlar sotuvining atigi 0,8 foizini taşkil etadi.

















