Buyuk Britaniya qirolligi qor ostida qoldi. Mamlakatning köplab mintaqalarida havo va temir yöl transporti izdan çiqdi. Xususan, London aeroportlarida bir neça parvozlarning vaqti özgartirilgan yoki bekor qilingan
Mintaqaviy OAV xabarlariga köra, Uelsning ayrim hududlariga 17-30 sm qalinlikda qor yoqqan. Hitrou aeroportida jadvalga rioya qilinmaslik holatlari kuzatilmoqda.
"Heathrow aeroporti oçiq qolmoqda. Ammo biz Buyuk Britaniyadagi vaziyat yölovçilarning rejalarini buzganidan afsusdamiz", — deyiladi Hitrou saytida.
Transport vositalari bilan boğliq köngilsizliklardan taşqari, aholi boşqa noqulayliklarga ham duç kelmoqda. Birlaşgan qirollikning köpgina hududlarida elektr ta'minoti uzildi. 11 dekabrda köplab maktablar işlamasligi xabar qilinmoqda.












