Germaniya çempionatining 15-turida «Kyoln» «Frayburg»ni qabul qildi. «Rayn-Energi» stadionidagi uçraşuv noqulay ob-havo şaroiti tufayli 15 daqiqa töxtatildi.
«Kyoln» öyin davomida 3:0 hisobida oldinda borgan bölsa-da, yakunda hisob 3:4 körinişiga keldi. Gollarning ikkitasi öyin oxirida ötkazildi. Mezbonlar safida Lukas Klyunter va Seru Girassi bittadan gol urdi, yana bir gol Kaleb Stanko nomiga avtogol sifatida yozildi. «Frayburga» safida Nils Petersen xet-trik qayd etdi, yana bir golni Yanik Xaberer öz hisobiga yozib qöydi.
Şu tariqa, «Kyoln» Bundesligada ğalabasiz seriyasini 15 öyinga yetkazdi. Jamoa turnir jadvalida 18-poğonada qolmoqda. «Frayburg» 15 oçkosi bilan 16-örinda joylaşgan.
Germaniya çempionati
15-tur
Kyoln – Frayburg 3:4 (3:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 8 Klyunter, 2:0 – 16, penalti Girassi, 3:0 – 29, avtogol Stanko, 3:1 – 39 Petersen, 3:2 – 65 Xaberer, 3:3 – 90, penalti Petersen, 3:4 – 90, penalti Petersen.
Kyoln – Xorn, Sorensen, Xorn, Xaynts, Olkovski, Özjan , Lemann, Rauş (Risa, 72), Klyunter (Klemens, 80), Yoyiç (Bissek, 70), Girassi.
Frayburg – Şvolov, Kox, Şuster (Klyayndinst, 18), Linxart (Stanko, 17), Ştentsel, Xaberer, Xefler, Gyunter, Rave, Petersen, Terratsino (Kat, 63).
Ogohlantirişlar: Klyunter (20), Özjan (25), Xaberer (52), Xefler (84), Klyayndinst (90), Girassi (90).


























