Germaniya çempionatining 12-turi doirasida «Ayntraxt» va «Frayburg» klublari örtasida keçgan uçraşuvda frankfurtliklar sardori, argentinalik David Abraham mojaro keltirib çiqardi.
Öyinning sönggi qismida, hisob mehmonlar foydasiga 1:0 bölib turgan vaqtda Abraham maydon taşqarisiga çiqib ketgan töpni oliş uçun ketayotib, maydon çetida turgan «Frayburg» boş murabbiyi Kristian Ştrayxni turtib yiqitib ketdi. Frayburgliklar jamoasining zaxira futbolçilari esa qoidabuzar tomon taşlanişdi, uni jamoadoşlari himoya qiliş uçun çopib kelişdi va maydonda töpolon boşlandi. Yakunda öyin hakami Abrahamga töğridan-töğri qizil kartoçka körsatdi.
Ayni vaqtda 33 yoşda bölgan Abraham 2015 yildan buyon «Ayntraxt» klubi a'zosi hisoblanadi. U joriy mavsumda Bundesliganing 8 uçraşuvida iştirok etgan va bir gol urgan. Uning frankfurtliklar jamoasi bilan şartnomasi muddati 2021 yilgaça tuzilgan.

















