Samsung nafaqat egasini sovuqdan himoyalovçi, balki gadjyetlarni ham zaryadlovçi "aqlli" kiyimni  patentladi. LetsGoDigital jurnali şu haqida xabar berdi. 

Kiyimga sohibining faolligini kuzatuvçi datçik va protsessorlar örnatiladi. Şu bilan birga, u akkumulyator bilan ham ta'minlanadi - energiya qöllar harakati natijasida töplanadi.

Akkumulyator siğimi haqida hozirça heç narsa ma'lum emas, biroq patent arizasida uning u qadar katta emasligi körsatilgan. Samsung mutaxassislari noyob ixtironi qanday yuviş haqida hozirça ma'lumot berişmagan.

Foto: Samsung
Foto: Samsung