Italiya politsiyasi Kalabriyada 48 kişini qölga oldi, ular «Ndrangeta» mafiya guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda. Bu haqda «Interfaks» mahalliy OAVga tayangan holda xabar berdi.
Qölga olingan şaxslar jinoiy til biriktiriş, zarar yetkaziş, tovlamaçilik, qimmatliklarni noqonuniy ravişda olib ötiş hamda qurolni noqonuniy tarzda saqlaşda gumonlanmoqda. 44 kişi qamoqqa olindi, qolganlar uy qamoğida qoldirildi.
Politsiyaçilar tintuvlar doirasida 25 million yevrolik mol-mulklarni musodara etişgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sitsiliya mafiyasining eng sönggi «bosslar bossi» Toto Riina 88 yoşida vafot etgani xabar qilingandi.












