Amerikalik mutaxassislar Echinococcus multilocularis nomli parazit lentasimon gelmintlar tarqalayotganidan xavotirdalar. Ularning sözlariga köra, bu parazitni yuqtiriş ölim holatiga sabab bölişi mumkin. Ularning taşuvçilari odatda kemiruvçilar va boşqa yovvoyi hayvonlar hisoblanadi, biroq gelmintlar şuningdek it va muşuklarga ötişi va ular orqali odamlarga ham ötişi mumkin. ScienceAlert naşri şu haqida ma'lum qildi.
Manbaga köra, parazit vaqtida aniqlanib, zarar yetgan töqimalar jarrohlik yöli bilan olib taşlanmasa, 50-75 foiz holatlarda ölimga olib keladi. Immun tizimi funksiyasida buzilişlar bölgan odamlarda ölim holatlari bundan-da yuqori.
Mutaxassislar uy hayvonlarida aniqlangan Echinococcus multilocularis DNKni tahlil qilib, parazitlar Şveytsariya, Germaniya, Avstriya va Fransiyada yaşagan lentasimon çuvalçanglar bilan boğliq bölganini aniqlaşdi. Tadqiqotçilar xulosasiga köra, gelmintlar Şimoliy Amerikaga Yevropadan kelgan it bilan kirgan. Oxir-oqibat Şimoliy Amerika jonivorlarida, şu jumladan tulkilar va koyotlarda ham gelmintlar aniqlandi.
Organizmiga parazit tuşgan itlar qiyinçilik bilan davolanmoqda. Naşrda yozilişiça, Şveytsariya tadqiqotida iştirok etgan parazit bilan kasallangan jonivorlarning deyarli yarmini uxlatib qöyişga töğri kelgan.












