Taybeyda bekorçilik böyiça musobaqa ötkazildi. Unda hongkonglik talaba ğolib böldi, deb yozmoqda South China Morning Post naşri.
Antiqa tanlov şaharning markaziy boğida bölib ötgan. Iştirokçilar heç narsa qilmagan holda bir joyda 90 daqiqa ötirişlari kerak bölgan. Taşkilotçilar vaqti-vaqti bilan iştirokçilarning pulslarini tekşirib turganlar va ulardan biror-biri uxlab qolmagani ortidan kuzatganlar.
Bunday musobaqa ilk bor 2014 yilda Janubiy Koreyada ötkazilgan. Undan maqsad odamlarni dökonlarga bormasdan yoki gadjyetlardan foydalanmasdan köproq dam olişga undaş bölgan.
90 minutes of doing nothing at all in Taipei ‘Space-out’ https://t.co/QbEUklpa9x
— SCMP News (@SCMP_News) December 11, 2017
Taybeydagi musobaqada hongkonglik talaba Çan Kay Xo ğolib böldi. Unga mukofot tariqasida keyingi şunday musobaqani ötkaziş rejalaştirilayotgan Hongkonggaça yoki Yaponiyagaça bepul samolyot çiptasi taqdim etildi.
“Rostini aytganda, bu ança toliqtiruvçi maşğulot ekan”, deb öz yutuğiga izoh bergan talabaning özi.












