Rossiyadagi ba'zi mehmonxonalar 2018 yilgi jahon çempionati ötkazilişi vaqtiga narxlarni 10 barobar kötarib yuborgan. Bu haqda turistik forumda “Rossiyada futbol böyiça FIFA 2018 jahon çempionati taşkiliy qömitasi” vakili Oksana Tubman ma'lum qildi.
“Muxlislardan mehmonxonalar narxining juda yuqoriligi borasida şikoyatlar tuşmoqda, ba'zi 3-4 yulduzli mehmonxonalar narxlarni 10 barobar oşirib yuborişgan. Hozir bunday 38 ta şikoyat qayd qilingan, Moskva borasida hozirça bunday şikoyat tuşmagan”, deb aytgan Tubman.
Bundan taşqari, muxlislar jahon çempionatiga qur'a taşlaşdan 1-2 oy oldin mehmonxonalarda onlayn-tizimlar orqali xonalarni bronlaş imkoni bölmaganidan şikoyat qilişgan, çunki mehmonxonalar xonalarni sotuvga qöymagan. “Körinişiça, bozor iştirokçilari qaysi şahar muxlislar orasida eng talabgir bölişini aniqlaş maqsadida qur'a taşlaş natijalarini kutişgan”, deb ta'kidlab ötgan Tubman.












