Jahon moliyaviy texnologiyalar jamiyati ekspertlari sanoat uçun 2018 yilgi taxminlarni tayyorlaşdi, deb yozadi Fortune. Ular elektron tölovlar, aktivlarni boşqariş va moliyaviy xizmatlar sohasidagi boşqa texnologiyalarga taalluqli. Şunday qilib, 2018 yilda Alexa yoki Siri orqali tölovlarni ovozda boşqariş servislari keng tarqaladi, Amazon yoki Facebook esa öz bankiga ega bölişi mumkin.

Tölovlar

Bain Capital Ventures'dan Met Xarisning taxmin qilişiça, 2018 yilda «Siri, Visa-kartam yordamida mana buni xarid qil» yoki  «Alexa, boşqa kartamdan foydalanib, ana unga buyurtma ber» qabilidagi murojaatlar köp quloqqa çalinadi. Uning fikriça, ovoz — kelgusidagi tölovlar uçun mukammal interfeys.

Elektron tölovlarning butun tizimiga kelsak, bu yerda xaridlarni amalga oşirişda tranzaksiyalarni qayta işlaşni ta'minlovçi kompaniyalar rivojlanişda davom etadi.  JPMorgan Chase kabi yirik öyinçilar katta oflayn sotuvçilarga yönalgan bir vaqtda, ösib borayotgan e-commerce sektori ulardan kiçik startaplarga ketadi.

Banking

Wal-Mart formatidagi riteylerlar ançadan beri bank işi bilan şuğullanişni orzu qilişardi va hoynahoy, 2018 yilda bunga ruxsat tegadi. Bu degani - Bank of Amazon yoki Facebook Financial kabi moliyaviy kompaniyalarning paydo bölişini uzoq kutişga hojat yöq. Bu esa an'anaviy banklar uçun muammoga aylanadi. AT-kompaniyalar qator afzalliklarga ega. Asosiysi — ular öz mijozlarini ança yaxşi bilişadi va bu xizmat körsatişni maksimal darajada individuallaştiriş imkonini beradi, oddiy banklarning birortasi bunday xizmat körsata olmaydi. Hatto brendga sodiqlik yuqori darajada bölsa ham.

Aktivlar boşqaruvi

Sönggi 12 oyda odamlarni aktivlarni boşqariş va köpaytirişda yordam beruvçi avtomatlaştirilgan maslahatçi-robotlar bilan birlaştiruvçi köplab servislar paydo böldi. 2018 yilda mazkur tendensiya rivojlanişda davom etadi.

Nisbatan yirik va an'anaviy banklar imkon qadar köproq yoş mijozlarni jalb qiliş uçun aktivlarni boşqarişda çat-botlarni taklif qila boşlaşadi. Ekspertlarning taxmin qilişiça, 2020 yilga borib 1 trillion dollar pul raqamli yordamçilar boşqaruvi ostida böladi. Avval kiçik startaplar ustunlik qilgan bölsa, kelgusida ularning katta qismi öyinga qöşilgan yirik banklar tomonidan siqib çiqariladi.

Sarmoyalaş

Andreessen Horowitz ekspertlari taxminlariga köra, kelgusi yilda yirik sarmoyadorlar yangi moliyaviy texnologiya kompaniyalariga mablağ kiritişmaydi. Bu davr ötdi. Hozir bu bozorda rivojlanişning ikkinçi bosqiçiga yetib kelgan maşhur öyinçilar bor. Kengayiş uçun mablağ talab qilinadi va sarmoyalar maşhur va muvaffaqiyatli kompaniyalarga yönaltiriladi.