Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida aktyorlik san'ati ta'lim yönalişida maxsus sirtqi bölimni taşkil etiş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.
Respublikadagi barça teatrlarni yetuk va malakali mutaxassislar bilan ta'minlaş, teatrlarning oliy ma'lumotli kadrlarga bölgan ehtiyojlarini qondiriş va ularni tayyorlaş tizimini sifatli taşkil etişni yanada takomillaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
1. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining 2018/2019 öquv yilidan boşlab Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida (keyingi örinlarda Institut deb ataladi) aktyorlik san'ati ta'lim yönalişida maxsus sirtqi bölimni taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
2. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi Institutda 2018/2019 öquv yilidan boşlab aktyorlik san'ati ta'lim yönalişida maxsus sirtqi bölim uçun qabul kvotalarini belgilangan tartibda şakllantiradilar.
3. Belgilab qöyilişiça:
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga kiriş test sinovlarini ötkaziş tartibini takomillaştiriş töğrisida” 2017 yil 16 noyabrdagi PQ-3 389-son qaroriga muvofiq 2018/2019 öquv yilidan boşlab Institutning aktyorlik san'ati ta'lim yönalişidagi maxsus sirtqi bölimga uşbu yoki turdoş ta'lim yönalişlari böyiça örta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga, teatr va boşqa madaniyat muassasalarida ta'lim yönalişiga muvofiq kamida uç yil amaliy iş stajiga hamda belgilangan tartibda tavsiyanomaga ega bölgan iqtidorli abituriyentlarni qabul qiliş kiriş test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oşiriladi;
Institutda maxsus sirtqi ta'lim jarayonini taşkil etiş Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta'limni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom asosida amalga oşiriladi;
maxsus sirtqi ta'lim şaklida öqiş tölov-kontrakt asosida taşkil etiladi.












