2017 yilda bioxaking zamonaviy trend sifatida biolog-talabalar tilidan barça poytaxtlardagi bilimli yoşlar tiliga ötdi. Bioxakerlik urfga kirdi: u bilan şuğullanmaydiganlar heç bölmaganda uni muhokama qilişadi, deyiladi Forbes'da.

Fitnes-bilakuzuklar noodatiy narsa emas, köpçilik ulardan foydalanmasa ham, heç bölmaganda sinab körgan. Biroq 2018 yildan, aftidan, ularni taqiş ommaviy urfga kirsa kerak. Bunga bir neça sabab bor.

Birinçidan, "fitnes uçun gadjyetlar" doirasidan çiquvçi ilk qurilmalar paydo bölmoqda va bizni hayotiy muhim ahamiyatga ega bölgan narsalardan boxabar qilmoqda: yurak salomatligi, qondagi qand hamda kislorod miqdori va boşqalar. Asosiysi — uşbu ma'lumotlar tibbiy sifat darajasiga ega, xususan, Apple Watch uçun birinçi ilova global tibbiy bozor boşqaruvçisi hisoblangan FDA tomonidan röyxatdan ötkazilgan.

Foto: Fitnessera

Bu sohada yakuniy inqilobni diabetiklar uçun hayotiy muhim ahamiyatga ega va qolganlar uçun ham juda foydali bölgan portativ noinvaziv glyukometrlar bajaradi. Ularning paydo bölişi olib yuriluvçi health-bilakuzugini sayyoraning deyarli barça aholisi uçun foydali qiladi. 2018 yilda, hoynahoy, şu bilakuzuklarning keng tarqalişi kuzatiladi.

Bilakuzuklarning ommaviy qöllanişi tibbiyotning global modeliini almaştirişda hal qiluvçi omil böladi. Bugungi kunda aholi asosan ötkir kasallik holatlaridagina şifokorga murojaat qiladi. Hatto rivojlangan mamlakatlarda ham soğlom holatda şifokorga murojaat qilinmaydi. Biroq hozir biz "salomatlik" deb hisoblovçi omilimiz qayta körib çiqilmoqda. Köp halokatli özgarişlar ança oldindan kasallik rivojiga turtki beradi va bunga öz vaqtida e'tibor qaratgan insonga yaxşi salomatlik körinişidagi mukofot beriladi. Ma'lum bölişiça, ipoxondriklar özlarining "temir soğiliği"ga işongan kişilarga nisbatan uzoqroq umr körişar ekan.

Kelgusi yilda "kasallikni erta aniqlaş"dan taşqari, yuz yillikning eng kutilayotgan tibbiy texnologiyasi - genomni tahrirlaşning "parvozi" kutilmoqda. 2017 yilda sifatli oldinga siljiş kuzatildi: birinçidan, qator usullar genlarni tahrirlaşda xatolarni deyarli töliq bartaraf etiş imkonini berdi, ikkinçidan, katta yoşli kişining genomiga tuzatiş kiritiş böyiça tajribalar ötkazildi. 2017 yilda ötkir limfoblast leykozni gen korrektsiyasi asosida davolaş bilan boğliq ilk gen terapiyasi ma'qullandi. Keyingi yildan saraton turlari, diabet kabi keng tarqalgan "ommaviy" kasalliklarni gen terapiyasi yordamida davolaş usullari sekin-asta yuzaga keladi.