Koreyaning Samsung kompaniyasi kelasi yilning boşida özining ilk smart-kolonkasini taqdim etadi. Samsung rejalari haqidagi ma'lumotni Bloomberg manbalari yetkazgan.

Insayderlarning sözlariga köra, bu tovuş sifatiga e'tibor qaratilgan hamda aqlli uyni boşqariş komponentlari – yoritiş, maişiy uskunalar, kameralarga ega kolonka böladi. Aftidan, devays Bixby ovozli yordamçisi bazasida işlaydi, Samsung uni joriy yilda taqdim etdi. Assistentni qöllab-quvvatlaş funksiyasini Koreyaning bir neçta smartfonlari oldi.

Koreya vendori aqlli kolonkalar bozoriga çiqib, undagi yetakçilar bilan raqobat qilmoqçi. Masalan, Google Home (narxi 129 dollar), Echo Amazon hamda Echo Plus (99 va 164 dollar) va Apple HomePod mahsulotlari bilan. Sönggisi 2018 yilning boşida 349 dollar narxda bozorga çiqariladi. Samsung smart-kolonkasining taxminiy narxi 200 dollarni taşkil etadi.

Gartner tahlil kompaniyasi hisob-kitoblariga köra, 2021 yilga kelib aqlli kolonkalar bozori 3,5 milliard dollarlik hajmga yetadi. Taqqoslaş uçun, ötgan yili bozor hajmi 720 mln dollarga baholangandi.