Xorijda davolaniş – Özbekiston uçun yangi tuşunça, biroq bu uzoq vaqtlardan buyon dunyo miqyosida keng qöllanilib kelinadi. Şu tariqa ikki soha - soğliqni saqlaş va sayyohlik bir nuqtada birlaşgan. Mazkur birlikning maqsadi – turli xildagi kasallikka çalingan bemorlarga töğri taşxis qöyiş, davolaniş yoki reabilitatsiya uçun ham xarajatlari, ham sifati jihatidan mos keladigan munosib klinikani mamlakat içida yoki xorijda topiş uçun yordam berişdir. Bundan taşqari, bemor va uni olib yuruvçi şaxslarga davolaniş vaqtida ham xuddi safardagidek kabi eng yuqori darajadagi qulayliklarni ta'minlaş imkoni paydo böldi.
Bugungi kunda, davolaniş uçun xorijga boriş Özbekistonda şakllaniş bosqiçida bölib, mazkur sohada allaqaçon yutuqlarga erişgan va rivojlanişda ilğorlab ketgan boşqa mamlakatlarning tajribalarini örganiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Misol uçun uzoqqa boriş şart emas. Köpçilik uçun sir emaski, Turkiya bugungi kunda tibbiy turizm böyiça dunyo markazlaridan biri hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda davolaniş xarajatlarining oşirilişi bemorlardan yangi ğoyalarning paydo bölişiga olib keldi: arzon narxlarda yuqori sifatli tibbiy xizmat körsatiş sayyohlik xizmatining qöşimça afzalliklari bilan birlaştirildi.
Mazkur ğoyalardan Turkiya davlati muvaffaqiyatli foydalana oldi va sönggi ön yil içida hukumat hamda xususiy sarmoyadorlarning kömagi ostida ğarb tibbiyotining eng yaxşi yutuq va tajribasidan foydalangan holda, ayni vaqtda moliyaviy jihatdan arzon bölgan innovatsion, yuqori texnologiyali tibbiyot sanoati taşkil etildi. Bundan taşqari, Turkiyada sayyohlik infratuzilmasi juda ham ilğor rivojlangan bölib, xorijiy bemorlar uçun sayohat qiliş va mamlakatga kelişda yengillik yaratadi.
2005 yilda xalqaro tibbiy turizmni rivojlantiriş va xorijiy bemorlarga kömak sifatida Turkiya tibbiy sayyohlik uyuşmasi (TTSU) taşkil etilgan. Bugungi kunda TTSU soğliqni saqlaş sohasidagi yirik uyuşma bölib, u nafaqat Turkiyadagi, balki dunyodagi 375ta a'zolari, xususan davlat kasalxonalari, xususiy klinikalar, termal va tibbiy SPA markazlari, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari, soğlomlaştiriş majmualari, yordamçi kompaniyalar, şuningdek dunyoning 90 ta mamlakatidagi 161 ta vakolatxonalari tarmoğini öz içiga oladi.
Rivojlangan infratuzilma va tibbiy xizmatning sifati va xarajatining noyob munosabatlari tufayli har yili Turkiya davlatiga körikdan ötiş va davolaniş uçun butun dunyodan 1 millionga yaqin odam taşrif buyuradi. Va bu, hayratlanarli holat emas, sababi Turkiya tibbiyot sohasi böyiça Yevropa va dunyoning boşqa yetakçi mamlakatlari bilan bir xil darajada rivojlangan. Köpgina şifokorlar Germaniya va Yevropaning boşqa mamlakatlarida köp yillik tajribaga ega. Şu bilan birga, Turkiyada tibbiy xizmatlar haqi Ğarbiy Yevropa, Amerika va Isroilga nisbatan arzonroq.











