2016 yil aprelda Özbekistonning Issiq-köldagi 4 ta pansionati – “Oltin qumlar”, “Rohat NBU”, “Dilorom” va “Böston” Qirğiziston ixtiyoriga ötgandi. Bunday qarorni Qirğizistonning öşa paytdagi boş vaziri Temir Sariyev qabul qilgan.
     
Özbekiston uşbu pansionatlarning qaytarilişi böyiça xalqaro arbitraj sudiga ariza topşirgan. Aniqlanişiça, Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Özbekistonga kelganda yangi kelişuvni tuzişni taklif qilib kelişmovçilikni hal qilişga harakat qilgan.

Kelişuvga köra, pansionat yerlari Qirğiziston mulki bölib qoladi, pansionatlar esa Özbekistonga qaytariladi. Bundan taşqari, Özbekiston pansionatlarga huquqlar rasmiylaştirilgandan keyin ularni yil böyi işlaş imkoniyati bilan 3-4 yulduzli darajaga yetkazişi kerak böladi.    

Quyida Özbekistonga qaytarilayotgan pansionatlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

“Oltin qumlar”

Adliya vazirligi ma'lumotlariga köra, pansionat “Çkalov nomidagi Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasi” davlat aksiyadorlik jamiyatining filiali hisoblanadi. Boşqa ma'lumotga köra, u “Özbekiston temir yöllari” AJga topşirilgan. 

Pansionat balansida 28,35 gektar yer maydoni bor. Majmua 68 ta köçmas mulk obekti, jumladan 39 ta kottej va 4 ta korpusdan iborat.

“Dilorom”

Pansionat 1985 yilda Kara-Oy qişloğida qurilgan. Ayni vaqtda uning egasi “Asaka Bank” tijorat banki hisoblanadi. Pansionatning yer maydoni 21,77 gektardan iborat. 

Majmua 75 ta köçmas mulk obekti, jumladan 45 ta kottej, 4 ta korpus, suv havzasi, oşxona, tibbiy punkt, garaj, suv bosimi minorasidan iborat.

“Rohat-NBU”