Tokio universiteti olimlari guruhi singandan keyin özi tiklanuvçi oyna yaratişdi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, mutaxassislar dastlab yumşoq, rezinaga öxşagan modda – politiomoçevinani qöllagan holda yangi adgezion (yopişuvçi) vosita ustida iş olib borişgan. Biroq tajriba vaqtida modda qotib, silliq bölib qolgan, biroq deformatsiyadan keyin yana dastlabki holatiga qaytgan.
Olimlar bu moddadan oyna yaratib körişga harakat qilişgan. Aniqlanişiça, agar bunday oynani ikki qismga bölib, keyin ularni birlaştirib, ustidan bosilsa, unda 10 soniyadan keyin oyna tiklangan. Agar bosim bir neça soat davomida ta'sir etib turilsa, unda oynaga avvalgi mustahkamligi qaytgan.
Olimlarning ta'kidlaşiça, politiomoçevina deformatsiyadan keyin yuqori haroratlarda “yumşoq holatda” oson tiklanadi. Biroq uning qattiq holatida bunga erişişga juda kam muvaffaq bölingan.
“Bizda hammasi öngidan kelganda, men dastlab bunga töliq işonmadim, biroq keyin bir qator maqolalarni tekşirib, keyin tajribani bir neça marta qaytardim”, deb aytgan Tokio universiteti tadqiqotçisi Yanagisava Yuu.
Mutaxassis kelajakda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan özi tiklanuvçi oyna hozirda işlatiladigan va singanda taşlab yuboriladigan oyna örniga kelişiga umid bildirdi.













