Xitoyning Içki Möğuliston muxtor tumani sudi 2017 yilning may oyida qadimiy hukmdor Çingizxonning suratini toptab taşlagan va öz xatti-harakatlari aks etgan videoni internetda joylaştirgan erkakni bir yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Mahalliy rasmiylarning sözlariga köra, şundan söng bir neça fuqaro video böyiça politsiyaga darhol xabar yöllagan. Yakunda, 13 dekabr kuni ma'lum qilinişiça, Lo familiyali yoş yigit etnik prinsip böyiça nifoqqa da'vat etuvçi xatti-harakatlari uçun javobgarlikka tortildi. Sudlanuvçi sud yiğilişi davomida öz qilmişi uçun uzr ham söragan, deb xabar bermoqda Channel News Asia portali.
Möğullar imperiyasi asosçisi Çingizxon nafaqat Möğulistonning özida, balki undan taşqarida ham etnik möğullar orasida katta nufuz va hurmatga ega.
Xitoyning “Veybo” mikrobloglar tarmoğidagi qator foydalanuvçilar esa Loga çiqarilgan hukmdan norozilik bildirişdi. Ta'kidlanişiça, Xitoy qonunçiligi bu sohada ança tuşunarsizdir. Şuningdek, hukumat “Möğullar imperiyasi qonunlari”ga köra işlarni olib borişda ayblangan.












