Avtomobillar böyiça mutaxassislar 2018 yil uçun eng istiqbolli avtomobil dvigatellarini reytingini tuzişdi. Ward’s Auto naşri versiyasiga köra, eng yaxşi 10 ta motordan iborat reytingga Ford’ning V6 dvigateli yetakçilik qilmoqda.
Bu dvigatel 2,7 litr hajmga ega va F-150 modelida qöllanadi 2-örinni ham Ford’ning 5 litrli V8 dvigateli egalladi. Bu dvigatel Mustang GT’da qöllanadi.
Ta'kidlanişiça, öntalikka birorta ham nemis markasining dvigateli kiritilmagan. Yetakçi uçlikni Honda Civic Type R’ning 2 litr, 4 silindrli motori yakunlamoqda. 4-örinni Infiniti Q50’ning 3 litr, 6 silindrli motori egallagan. Mutaxassislar tomondan KIA Stinger modelining 3,3 litrli va Jaguar XF’ning 2 litrli turbomotori ham yuqori baholangan.
Eng yaxşi “yaşil” dvigatellar Chrysler Pacifica, Honda Clarity va Toyota Camry’ning gibrid dvigatellari böldi. Chevrolet Bolt modelida örnatilgan dvigatel eng yaxşi elektrodvigatel deb topildi.
Hammasi bölib mutaxassislar reytingni tuzişda 32 dvigateldan eng munosiblarini tanlab olişgan. Bu dvigatellar bir neça oy davomida turli sinovlardan ötkazilgan.

















