Frantsuz yaxtaçisi Fransua Gabar bir özi dunyoni 42 kun 16 soat 40 daqiqa 35 soniyada aylanib çiqib, 17 dekabrda rekord örnatdi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lum qilişiça, 34 yoşli fransuz Macif yaxtasida Fransiyadagi Uesan oroli va Lizard burni (Buyuk Britaniyaning eng janubiy nuqtasi) örtasidagi virtual marrani mahalliy vaqt bilan soat 01:45da (Toşkent vaqti bilan soat 6:45da) kesib ötib, hamyurti Tom Kovilning rekordini deyarli bir haftaga yaxşilay oldi. Kovilga buning uçun 49 kun 3 soat 7 daqiqa va 38 soniya zarur bölgandi.













