2017 yilning 18 dekabr kuni Toşkent şahriga Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş böyiça agentligi (TİKA​) rahbari Serdar Çam boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyuradi.

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlari vazirligi Matbuot xizmati tarqatgan xabarga köra, TİKA​ delegatsiyasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinişi kutilmoqda. Taşrif dasturiga binoan Özbekiston Respublikasi Hukumati, Taşqi işlar vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va boşqa tuzilmalarda uçraşuvlar va muzokaralar ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, dekabr oyining ilk kunlarida Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş böyiça agentligi hamda Özbekistonning «Mikrokreditbank» rahbariyati örtasida özaro manfaatli hamkorlik töğrisidagi hujjat imzolangandi. Mazkur kelişuv böyiça agentlik Özbekistonda örta va kiçik tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oşirişda kömak beradi.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda TİKA​ 1994 yildan buyon faoliyat yuritib keladi.