Rossiyada prezidentlik kampaniyasi rasman boşlandi. "Rossiyskaya gazeta"da bugun Federatsiya kengaşining saylovlarni belgilaş töğrisidagi qarori e'lon qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. 

Partiyalardan nomzodlar va mustaqil da'vogarlar qurultoylar yoki taşabbus guruhlari yiğilişlarida ilgari suriş jarayonini boşlaşlari hamda MSKga kerakli hujjatlarni topşirişlari mumkin.

Prezidentlik lavozimiga öz nomzodini qöyiş rejasiga ega ekani haqida 23 kişi, jumladan, amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin ham ma'lum qildi. U saylovlarda mustaqil nomzod sifatida iştirok etadi. Bundan taşqari, teleboşlovçi Kseniya Sobçak, jurnalist Yekaterina Gordon, “Yabloko” va RLDP yetakçisi Grigoriy Yavlinskiy hamda Vladimir Jirinovskiy öz nomzodini qöyişni möljallagan.
 
Markaziy saylov komissiyasi 18 mart kuniga belgilangan ovoz beriş jarayonini taşkil etiş uçun byudjyetdan pul olişni boşladi. Bu maqsadlarga 14,807 milliard rubl sarflaş rejalaştirilmoqda.

Pamfilovaning aytişiça, mamlakat saylov tizimi saylovlarga tayyor. Uning ta'kidlaşiça, kampaniyani şunday ötkaziş möljallanmoqdaki, “heç kim bundan keyin uyalib qolişi kerak emas”.

MSK rahbarining qöşimça qilişiça, avvalgi prezidentlik saylovlaridan söng ötgan vaqt davomida qonunçilik maksimal darajada erkinlaştirildi, xususan, kuzatuvçilar uçun imkoniyatlar kengaytirildi.