Dunyoda eng köp yölovçiga xizmat körsatuvçi Atlanta aeroporti elektr energiyasi ta'minotida uziliş röy bergani uçun reyslarni qabul qilişni töxtatdi. Bu haqda aeroportning Twitter’dagi sahifasida xabar berilgan.

"Elektr energiyasining yirik uzilişi aeroportning bir neça qismi işiga ta'sir körsatdi", - deyiladi xabarda.

Şu sababdan federal aviatsiya ma'muriyati Atlantada reyslarning qöndirilişiga taqiq qöydi.

Bundan taşqari, xabar qilinişiça, qisman elektr energiyasisiz qolgan Atlanta aeroportidagi barça reyslar bekor etilib, yölovçilar evakuatsiya qilingan, deb xabar bermoqda şahar öt öçiriş xizmati.

Foto: Reuters

"Atlanta aeroportidagi barça reyslar bekor qilindi. Aeroport xodimlari yölovçilarni samolyotlar hamda terminallardan taşqariga olib çiqişmoqda", - deya xabar qilgan xizmat Twitter’dagi öz sahifasida.

Qöşma Ştatlarning Jorjiya ştatida joylaşgan Atlanta xalqaro aeroporti dunyoda eng köp yölovçilarga xizmat körsatuvçi aeroport sanaladi. 2016 yil yakunlariga köra, bu yerdagi yölovçilar oqimi 104 million kişini taşkil etgan.

Şuningdek, ma'lum qilinişiça, Atlanta aeroporti işidagi muammolar yakşanba kuni 1,1 mingdan ortiq reysning bekor qilinişiga olib kelgan, bundan Flightradar24 servisi ma'lumotlari darak bermoqda.

Energetiklar aeroportdagi elektr ta'minoti tizimini yarim tunga (Toşkent vaqti bilan soat 10.00) qadar töliq tiklaşni rejalaştirişmoqda.

Flightradar24 ma'lumotlariga köra, yakşanba kuni Atlanta aeroportida parvozga çiqişi lozim bölgan 456 (42 foiz) va qönişi lozim bölgan 696 reys (63 foiz) bekor qilindi. Xususan, Atlantada joylaşgan Delta Airlines özining 450 ta reysi bekor qilingani haqida xabar bergan.