Myanma ğarbidagi Rakhayn ştatidagi rohingya musulmonlari istiqomat qiluvçi hududlarda yana bir qişloqning kuli kökka sovurilgani aniqlandi. Bu haqda Human Rights Watch (HRW) huquqni himoya qiliş taşkiloti bayonot berdi.

Ma'lumotlarga köra, şu yilning oktabr va noyabr oylarida Rakhaynda 40 ta aholi punkti vayron qilingan. 25 avgustda mintaqada zöravonliklar avj olganidan söng yöq qilingan aholi yaşaş qörğonlarining jami soni 354 tani taşkil etdi, deyiladi HRW hisobotida. Ta'kidlanişiça, bunday xulosalarga sun'iy yöldoşlar vositasida olingan suratlar tahlili sabab bölmoqda. 

"Sun'iy yöldoş suratlari Myanma va Bangladeş qoçqinlarning qaytişi böyiça kelişuvga erişgan (23 noyabr) şu haftada önlab binolar yoqib yuborilganini körsatdi", - deyiladi xabarda. 

Rakhayn ştatidagi vaziyat 25 avgust kuni "Rohingyalarni qutqariş Arakan armiyasi" jangçilari politsiyaning bir neça önlab tayanç punktlariga hujum qilganidan söng keskinlaşgan edi. Bu respublika xavfsizlik kuçlariga maxsus amaliyot ötkazişiga asos böldi. 

Rasmiy ma'lumotlarga binoan töqnaşuvlarda 414 kişi halok bölgan. Biroq "Çegera bilmas şifokorlar" xalqaro notijorat taşkiloti ziddiyatning birinçi oyidayoq 6,7 ming kişi halok bölganini uqdirmoqda. Qöşni Bangladeşga 620 mingdan ortiq rohingya musulmoni qoçişga majbur bölgandi.