Kunduzi maşğulot, keçqurun iş – Şer Mamazulunov, özbekistonlik oddiy kikboksçi, Rossiyani zabt etmoqda va avtomobillarni yuviş şoxobçasida işlaşdan uyalmaydi, sababi kikboksingning özida yaxşi mablağlar işlab topiş ança muşkul. Men'şealth naşri 14 dekabr kuni TNA janglarida rossiyalik sportçi Dmitriy Menşikovni mağlubiyatga uçratib jahon çempioniga aylangan Şer haqida maqola e'lon qildi.

Keçki soat ön, Ximki, avtomobillar yuviş şoxobçasi. Özbekistonlik yigit mijozining maşinasini yuvmoqda. Bir qaraşda oddiy yigitdek tasavvur uyğotadi. U bir neça kun muqaddam mamlakatdagi kikboksing böyiça eng kuçli musobaqada janglar ötkazgani hamda ikki karra jahon çempioni Aleksandr Drobinin ustidan ğalaba qozonganiga işoniş qiyin. 14 dekabrda esa özbekistonlik yigit TNA qoidalari böyiça janglarda jahon çempioniga aylandi. U Qozon şahridagi ringda rossiyalik Dmitriy Menşikovni mağlubiyatga uçratdi. Avtomobillarni yuvuvçi oddiy yigit qanday qilib jahon çempioniga aylandi?

Ertalabki soat ön, Moskva, Komsomol maydonidagi jangçilar klubi. Avtomobillar yuviş şoxobçasidagi yigit taniqli jangçilar safida maşğulot olib bormoqda. Bu öşa yigit ekaniga yana bir işonç hosil qilamiz hamda öquvçilarimizga uni taniştiramiz: Şer Mamazulunov – 22 yoşli özbekistonlik kikboksçi-avtomobil yuvuvçi, TNA 2017 qoidalari böyiça musobaqa iştirokçisi.

Mavzuga oid: Avtomobillarni yuvuvçi özbek yigiti kikboksing böyiça jahon çempioni böldi

– Ha, men haqiqatan ham avtomobillar yuviş şoxobçasida işlayman... Aniqroği, işlaganman – hozirda menda majburiy tanaffus, sababi keyingi jangga qattiq tayyorgarlik körmoqdaman. Özbekistonda kikboksing bilan ança uzoq vaqt davomida şuğullanganman, Moskvaga esa pul işlab topiş maqsadida keldim. Avvaliga qorovul bölib işga joylaşdim, biroq meni iş jadvali qoniqtirmadi, u menga maşğulotlar olib borişga xalaqit berardi, şuning uçun avtomobillar yuviş şoxobçasiga işga ötdim, bu kunduzi maşğulotlarda qatnaşiş, keçqurun esa işlaşga kerak edi. Tört yildan beri şunday yaşayman...

Tört yil bir xil rejimda: zal – iş, iş – zal. Jangçining murabbiyi sözlariga köra, yigit uçga uç metrlik maydonga ega kiçik xonada ham yaşaşga majbur bölgan. Musobaqalarga boriş esa uning hayotiga qandaydir rang-baranglik olib kirdi. Faqat qanday musobaqalarga? Hozirda köplab tajribali kikboksçilar menejyerlari professional janglarni topa olmayotganidan şikoyat qilişadi. Şuni aytiş mumkinki, buni amalga oşiriş haqiqatan ham muşkul: hozir mamlakatda beşta taniqli promouşen bor bölib, ulardan faqat ikkitasi musobaqalarni muntazam ravişda ötkazib kelmoqda.