Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qolmiğistonning öz xohişiga köra lavozimidan ketgan rahbari Aleksey Orlov örniga uning vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi etib Batu Xasikovni tayinladi.

E'tiborlisi, Xasikov kikboksing böyiça jahon çempioni hisoblanadi. U özining yuqori lavozimga tayinlangani haqidagi ma'lumotni katta iştiyoq bilan qabul qilgan. “Men Rossiya prezidenti va yetakçimiz Vladimir Vladimiroviç Putinga bildirilgan işonç uçun minnatdorlik bildiraman. Yurtdoşlarim va Qolmiğiston aholisining işonçi va qöllab-quvvatloviga umid qilaman. Özimni işga töliq baxşida etişga tayyorman. Ertadan işni qabul qilaman”, deb aytgan Xasikov.

“Batu Xasikov – kikboksing böyiça jahon çempioni Qolmiğistonning vaqtinçalik rahbari etib tayinlandi. Uning döstona taxallusi “Botiy xon”. VVda [Vladimir Vladimiroviç] yumor bilan barçasi joyida”, deb kinoyali izoh bergan uşbu tayinlovga “Exo Moskvi” rahbari Aleksey Venediktov.

Xasikov 1980 yilda Moskvada tuğilgan, biroq Qolmiğistonning Lagan şahrida ulğaygan. 11 yoşidan karate-kyokusinkay bilan şuğullangan, keyinçalik öz kuçini qöl jangi, jangovar sambo, jiu-jitsu, tay boksda sinab körgan. 2005 yildan muntazam asosda kikboksing musobaqalarida iştirok eta boşlagan.

Xasikov 2005-2010 yillar davomida kikboksing böyiça Rossiyaning uç karra çempioni, Yevropa çempioni, 5 ta yetakçi kikboksing taşkilotidan uçtasida çempion bölgan.

U kikboksing bilan şuğullaniş bilan parallel ravişda militsiyada xizmat qilgan. Katta leytenant unvoniga ega.

Xasikov yangi tayinlovgaça yoşlar işlari böyiça federal agentlik rahbari maslahatçisi bölib işlab kelgan.