Lumpini stadionidagi yopiq zalda ötkazilgan janglarni 5 mingdan ortiq muxlis tomoşa qilgan. Ularning orasida koronavirus yuqtirganlar soni 104tani taşkil qilmoqda. Bu esa mamlakatdagi (411) körsatkiçning uçdan biridan ham köproqdir. Bundan taşqari, janglarni tomoşa qilganlar orasida yana yuzlab odamlar virus taşuvçi bölişi mumkinligi hukumatni xavotirga solmoqda.
Yopiq zalda ötkazilgan Muay Tay mavsumining ilk yirik janglari keçki soat 6da boşlanib, yarim tundan oğganidan söng yakuniga yetgan. Bir neça kundan keyin Muay Tay keçasining faol iştirokçisi, avstraliyalik Metyu Din Çantxavani «Instagram» sahifasida noxuş xabarni e'lon qildi.
«Bu hazil emas. Sönggi kunlarda men bilan yaqin aloqada bölgan insonlar ehtiyot çoralarini körsin. Menda Covid-19 virusi borligi aniqlandi», - deb yozdi Metyu 13 mart kuni.
Qayd qiliş joizki, Muay Tayning aşaddiy işqibozi bölmiş Çantxavani janglar ötkazilgan paytda boksyorlar va promouterlardan intervyular olgan, şuningdek, lotereya iştirokçilariga sovğalar tarqatgan.
U 10 mart kunigaça Bangkokda bölib, keyin uyiga qaytgan. Yölda esa özini yomon his qilib, şifoxonaga murojaat qilgan. Şunda uning koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan.
Hozirgi paytda jangni tomoşa qilganlar orasida koronavirusga çalinganlar soni keskin oşib ketgani kuzatilmoqda.
21 mart kungi holatga Tailandda koronavirus yuqtirib olganlar soni 411tani taşkil qilmoqda. Mamlakatda (supermarket va dorixonalardan taşqari) barça savdo markazlari va restoranlar yopildi.
Eslatib ötamiz, koronavirus epidemiyasi şaroitida barça köngiloçar tadbirlarni ötkaziş taqiqlanadi. Şuningdek, odamlar köp töplanadigan joylarga, tadbirlarga boriş tavsiya qilinmaydi.













