KUN.UZ tahririyati vakillarining Surxondaryo viloyatiga taşrifi avvalida saytimizda berilgan e'londan söng Şörçi tumanidan tuşgan murojaatlarning biri bizning e'tiborimizni tortdi va bu masalani albatta örganişni könglimizga tugib qöygan edik.

«Assalomu alaykum! Şörçi dehqon bozorida yaqinda buxanka nonlarning narxi 1250 sömga çiqdi. Tumanimizda un zavodi böla turib, xalq qimmatiga non olişga majbur bölmoqda. Nonvoyxonalar esa unni davlat narxida ola turib, unni bozorga ham çiqarib, olibsotarlarga pullab ham turişadi. Bunga esa heç qaysi rahbar qiziqmaydi. Şu muammoni hal etib berişiningizni söraymiz».

Biz Şörçi dehqon bozoriga kirib, u yerda sotilayotgan buxanka nonlarning narxi bilan qiziqdik.

«Ikkitasi 2500 söm», — dedi risoladagidek hajmdagi qolipli non sotayotgan sotuvçi ayollardan biri.

«Nega bu qadar qimmat sotayapsiz?» — deb bergan savolimizga «Denovdan keltirib sotaman. Köproq olsangiz 1000 sömdan beraman», deb javob berdi sotuvçi.

Körinişidan 1250 sömlikdan biroz kiçikroq hajmdagi, 3 donasi 1 kilo atrofida toş bosuvçi buxanka nonlar ikkinçi sotuvçida 1000 sömdan sotilayotgan ekan. «Qayerda tayyorlangan?» deb bergan savolimizga, «Şu yerda, Şörçida», degan javob oldik.

Biz «Şörçi dehqon (oziq-ovqat) bozori» MÇJ rahbariyati bilan masalaga oydinlik kiritiş maqsadida uçraşmoqçi edik, niyatimizga yeta olmadik.

Tuman hokimligiga yöl oldik. Yakşanba kuni bölganligi, qolaversa, tumanda şu kuni qişloq xöjaligi xodimlari kuni bölganligi uçun mutasaddilarni uçratmadik. Dehqon bozori raisi örinbosari Faxriddin Mavlonovni topdirdik. U kişi vaziyatga yelka qisişdan boşqa narsa bilan javob bera olmadi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining